Chang havodan himoyalanish uchun 10ta muhim tavsiya

Saqlash
23:11 / 05.11.2021 867 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi chang havodan himoyalanish uchun oʻnta muhim tavsiyani eslatib oʻtdi.

 

«Koʻproq suv iching!

 

Ochiq havoda harakat qilishni cheklang!

 

Tez-tez dush qabul qiling! Ayniqsa, tashqaridan uyga kirgach, bu jarayon nafas olishingizni yengillashtiradi.

 

Ogʻiz va burun boʻshligʻini tuzli eritma bilan yuvib tashlang!

 

Derazalarni yopiq holda saqlang. Ayniqsa kechasi va erta tongda eshik va oynalarni zichlab yoping!

 

Nafas olish tizimi kasalliklariga chalinganlar tibbiy niqobdan foydalanishlari va ularni har 2 soatda almashtirishlari zarur!

 

Koʻzlarni yuvish tavsiya etiladi. Ayniqsa, linzadan foydalanuvchilar uchun bu juda muhim.

 

Tutunga toʻla xonalarda chekmang. Chunki ifloslangan ob-havo hisobiga salomatligimizga yetadigan ziyon bir necha barobar oshib ketadi.

 

Xona yoki inshootlarning pol va tokchalari, ular ichidagi buyum hamda ashyolarni nam latta bilan tozalab turing. Uy yoki bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qoʻyish chang darajasini pasaytirishga xizmat qiladi. Qolaversa, nam sochiqlarni osib qoʻying. Bunday vaziyatda konditsioner va havoni tozalash tizimlari ham asqatadi.

 

Eslatib oʻtamiz, agar Sizda nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, koʻzlarda qichishish va qizarish, tomoqda kuchli qichishish, qichishish bilan kuzatiladigan yoʻtal belgilari yuzaga kelsa, tezda shifokor bilan maslahatlashing», deyiladi SSV tavsiyalarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//