Jamiyat
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi, 2004-y.t. qiz ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar taʼsiriga tushib qoladi.
Qayd etilishicha, dastlab u 2021-yilning iyun oyida “Telegram” messenjerida shaxsiy akkaunt ochib, terroristik tashkilotlarning gʻoyaviy rahnamolari boʻlgan “Abdullox Zufar”, “Abdullox Buxoriy”, “Sodiq Samarqandiy” va boshqalarning maʼruzalarini tinglaydi.
“Natijada qizning ongi zaharlanib, ekstremistik tashkilotlarning noqonuniyligini anglagan holda, ularning aʼzolari bilan virtual muloqotga kirishadi. Alal-oqibatda Suriyaga borib, u yerdagi «Islom Davlati” terroristik tashkiloti safiga qoʻshilishni maqsad qiladi.
Buning uchun u ota-onasidan yashirgan holda, oʻziga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtiradi hamda tilla ziragini sotib, safar uchun jamadon xarid qiladi va unga kiyim-kechaklarini joylab, tanishining uyiga yashirib qoʻyadi.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qizning rejasi amalga oshmasdan, joriy yilning mart oyida u qoʻlga olinadi va jinoyat ishi qoʻzgʻatiladi», deyiladi DXX xabarida.
Sud hukmiga koʻra, 18 yoshli qiz Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q