Sirdaryoda maktabdan qaytayotgan 2-sinf oʻquvchisini tok urdi

Saqlash
19:32 / 25.11.2022 1582 0

Guliston tumani xalq taʼlimi boʻlimi darsdan qaytayotgan 2-sinf oʻquvchisini tok urgani aytilgan xabarlar yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Aniqlanishicha, 23-noyabr kuni Guliston tumani 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 2-“B” sinf oʻquvchilariga reja boʻyicha 5 soat dars oʻtilishi kerak boʻlgan. Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun boʻlib oʻtayotgan malaka (amaliy) sinovlarda ishtirok etayotgani sababli ushbu kungi darslar ixchamlashtirilib, sinf rahbar S.I. tomonidan darslar oʻtib boʻlingach, oʻquvchilarga uylariga ketishlari uchun javob bergan.

 

Darsi tugagandan soʻng 2-“B” sinfning barcha oʻquvchilari kabi egizak Abdurahmonovlar uyga yoʻl olgan. Yoʻlda ular maktab hududining tashqarisida joylashgan elektr transformator ostiga kirib qolgan kuchukni koʻrib qolgan. Transformator poydevor qismining ochiq joyidan X. Abdurahmonov qoʻlini kirgazib kuchukni olmoqchi boʻlgan vaqtda elektr toki urishi oqibatida bosh, qorin, qoʻl va oyoq qismidan tan jarohati olgan.

 

Voqea joyiga tezlikda yetib borgan maktabning oʻqituvchisi F.A. bolani chiqarib olgan, maktab hamshirasi tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Zudlikda tuman shoshilinch tibbiy yordam va oilasiga xabar berilgan. Hozirgi vaqtda u tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan muolajalar olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//