Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahrida Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari nutqining avvalida mehnatkash, bagʻrikeng, koʻpmillatli viloyat ahliga chuqur hurmat va ehtiromini bildirgan. Navoiyda oxirgi uch yilda 2 milliard dollarlik yirik sanoat loyihalari ishga tushgani taʼkidlangan.
Buning natijasida 10 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratilgan, yiliga qoʻshimcha 1 trillion soʻm soliq tushumi va 100 million dollar eksport paydo boʻlgan. Yaqinda ishga tushgan “Balpan-togʻ” va “Tomdi-buloq” konlaridan yiliga 3 million tonnadan oltinga boy maʼdan qazib olinadi.
Shuningdek, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida Turbay konini kengaytirish boʻyicha 130 million dollarlik loyiha ishga tushirish arafasida turibdi. Pistali konida oltinni qayta ishlash boʻyicha 275 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda.
Karmanada 35 million dollarlik kaliy nitrat ishlab chiqarish loyihasi, Qiziltepada 10 million dollarlik qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi hamda Tomdida 70 million dollarlik fosforit ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Kelgusi yilda 140 million dollarlik kaliy sulfat, poliakril tola, quruq sianit tuzi chiqarish kabi loyihalar ishga tushadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q