Fargʻonada uch kunlik kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

Saqlash
15:24 / 25.11.2022 1565 0

Bosh prokuratura matbuot kotibi Fargʻonada kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etgani aytilgan xabarlar yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Buvayda tumanida yosh kelin-kuyov toʻyidan uch kun oʻtib, is gazidan zaharlarnib, vafot etgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Maʼlumotlarga koʻra, kuyovning yoshi 23 da, kelinniki 17 da boʻlgan.

 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

 

Mutaxassis tomonidan xonadonda mavjud boʻlgan isitish moslamasi nostandart holatda oʻrnatilgani haqida xulosa berilgan.

 

“Bunday koʻngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yongʻin va xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilishingizni soʻraymiz”, – deyiladi idora munosabatida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//