Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdi yoʻlda toʻxtab qolgani, unda «svet» ham oʻchib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, 3-noyabr soat 22:23 da Toshkent—Buxoro yoʻnalishidagi 766-sonli reysda harakatlanayotgan “Afrosiyob” poyezdi rejadan tashqari safar davomida bort tizimidagi nosozlik tufayli 4 daqiqaga toʻxtab qolgan.
Poyezd mashinistlari bortdagi barcha qurilmalarni boshqarish tizimini toʻliq qayta ishga tushirgach (perezagruzka qilgach) poyezd oʻz yoʻlida davom etgan va “Buxoro” temir yoʻl vokzaliga yetib borgan. Tarmoqda taralgan video aynan bort tizimini qayta ishga tushirish paytida olingan.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari”ning qayd etishicha, Ispaniya (Patentes Talgo S.L.U.)da ishlab chiqarilgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar harakatni tashkil qilish bilan bogʻliq barcha xavfsizlik talablariga javob beradi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
111156
Jamiyat
94530
Jamiyat
90478
Jamiyat
74637
Jamiyat
//
Izoh yo‘q