“Alisher Navoiy” romani muallifi Isajon Sulton talabalar bilan uchrashdi  

Saqlash
10:10 / 05.11.2021 2117 0

Kecha, 4-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Isajon Sultonning “Alisher Navoiy“ romani  taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Taqdimotni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti rektori Shuhrat Sirojiddinov ochib berdi va barchani buyuk inson haqida yozilgan yana bir  yangi kitob bilan qutladi.   

 

Taniqli  adabiyotshunos  olimlar  Bahodir Karim, Abdulla Ulug‘ov, Umida Rasulova va boshqalar  mazkur kitobning  ma’naviy  ahamiyati, yozuvchining  mahorati, ijodiy  jasorati  haqida  to‘xtaldilar. Asar zamonaviy adabiyotimizdagi katta voqelik va salmoqli  ma’naviy tuhfa ekanligi aytildi.

Ijodkorlar, talabalar  romanning  yaralish tarixi, asarga turtki bo‘lgan  omillar haqidagi  savollar bilan muallifga yuzlandilar. Isajon Sulton  roman yaralishi bilan bog‘liq jarayonlar haqida so‘zlab berdi. Kitobda Alisher Navoiyning hayot yo‘li, asarlarining yaralish tarixi, ijodiy faoliyati, Husayn Boyqaro bilan munosabatlari yoritilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//