Ilm-fan
Oʻzbekistonda ilk marta qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali oʻzini-oʻzi energiya resurslari bilan toʻliq taʼminlaydigan xonadon barpo etildi, deya xabar qildi Energetika vazirligi.
BMTning Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida oʻzini-oʻzi qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali energiya resurslari bilan toʻliq taʼminlaydigan xonadon barpo etildi.
17-noyabr kuni ushbu uyning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent viloyati hokimligi, Energetika vazirligi, Qurilish vazirligi, BMTTD va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Mazkur xonadonga 15 kVt quvvatga teng quyosh panellari oʻrnatilgan boʻlib, xonadonni energiya resurslari bilan toʻliq taʼminlaydi.
Shuningdek, xonadonda issiq suv taʼminoti uchun 200 litrli quyosh suv isitish qurilmasi oʻrnatilgan.
Xonadon oʻz ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotib, qoʻshimcha daromad olish imkoniyati ham bor.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q