Jamiyat
Toshkent shahridagi chang–qum aralash tuman tufayli nafas olishda muammolar yuzaga kelgan poytaxt aholisi tibbiyot muassasalariga murojaat qilmoqda, deb xabar berdi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-allergiya markazi va 1-shahar klinik shifoxonasiga tayanib, “Gazeta.uz”.
Nashr 1-shahar kasalxonasiga tayanib xabar berishicha, soat 22:45 da shifoxonaga Yunusobod va Shayxontohur tumanlaridan ikki nafar erkak nafas olishdagi muammo tufayli murojaat qilgan. Hamshiraning soʻzlariga koʻra, bemorlardan birida shamollashdan keyin quruq yoʻtal boʻlgan, yoʻtal havodagi chang miqdorining ortishi bilan kuchaygan.
“Maʼlum boʻlishicha, erkakning xonadonidagi deraza va eshiklar ochiq qolgan, buning natijasida karavot va boshqa mebellar ustida chang toʻplanib qolgan. Bemor karavotga yotsa boʻgʻila boshlagan”, — deyiladi shifoxona xabarida.
Allergiya markazining maʼlum qilishicha, soat 22:30 atrofida Olmazor tumanidan astma bilan ogʻrigan keksa ayol ulardan tez yordam soʻrab murojaat qilgan. Allergolog Mirabbos Normurodovning soʻzlariga koʻra, ayol uyda boʻlgan, derazalar yopiq boʻlishiga qaramay, xonaga chang kirib, nafas olishi qiyinlashgan.
Shifokor allergiya va nafas olishda muammolar kuzatilganda uydan chiqmaslikni, derazalarni yopishni va bino ichidagi yashash xonalarida namlikni oshirishni maslahat berdi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q