Jamiyat
Ayni vaqtda “Xalqlar doʻstligi” maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri oʻtkazilmoqda.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat arboblari, taniqli shoir va yozuvchilar, madaniyat va sanʼat namoyandalari, sportchilar, harbiylar, faol yoshlar, OAV vakillari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov soʻzga chiqib, Davlat bayrogʻi har bir oʻzbekning gʻururi, iftixori ekanini taʼkidladi.
“Yangi Oʻzbekistonni qudratli davlatga aylantirish yoʻlida bir bayroq ostida birlashishimiz kerak. Bir maqsad yoʻlida fidoiylik bilan, qoʻlni qoʻlga berib yashash insonga beriluvchi eng oliy neʼmat”, dedi u.
Tantanali tadbir davomida Vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar ijro etilib, “Temurbeklar maktablari” oʻquvchilari ishtirokida harbiy chiqishlar namoyish etildi.
Eslatib oʻtamiz, Davlat bayrogʻi qabul qilingan kunning 31 yilligi butun respublikamiz boʻylab tantanali tarzda nishonlanmoqda.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q