Siyosat
Noyabr oyi «Keksalar uchun turizm oyligi» deb e’lon qilinishi munosabati bilan turizm sohasida keksalarimiz uchun ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakat bo‘ylab keksa avlod vakillarining sayohat qilishini rag‘batlantirishdir.
Ushbu oy davomida Respublikadagi 223 ta joylashtirish vositalari (mehmonxonalar va mehmon uylari) xizmatlari uchun - 50 foizgacha, 204 ta umumiy ovqatlanish maskanlaridagi xizmatlar uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.
«Uzbekistan Airways» AJ tomonidan esa shu davr ichida ichki aviaqatnovlarda 60 yoshdan yuqori erkaklar va 55 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollar uchun ekonom va biznes toifalarining (LPR3M,UPR3M, SPR3M, OPR3M tashqari) joriy narxlariga 25 foiz miqdorida ixtiyoriy chegirmalar joriy etilgan.
Bundan tashqari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan mamlakat ichidagi tariflarga, hamda «Uzautotrans Service» MCHJ tomonidan mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi avtobus chipta narxlariga 10 foiz miqdorda ixtiyoriy chegirmalar amal qiladi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan Toshkent shahri, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi bir qator ziyoratgohlarga nafaqa va keksa yoshdagi fuqarolar uchun 50 foiz miqdorida chegirmalar belgilangan.
Madaniy meros agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi madaniy meros obyektlariga kirish uchun 20 foiz miqdorda chegirmalar joriy etilgan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q