Jamiyat
4-noyabr kuni Oʻzbekiston boʻylab esgan changli shamol va qum boʻroni oqibatida Buxoro viloyati Peshku tumani hokimligi binosining tomi uchib ketdi. Bu haqida “Daryo” nashri tuman hokimi Vahobjon Qahhorovning soʻzlariga tayanib xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, shift hokimlik binosidan 20 metrcha naridagi yoʻl yoqasiga borib tushgan.
«Chamasi, soat 17:00 lar edi. Ish ayni avjida, hokimlik binosiga oʻz tashvish, muammolari bilan ayni odamlar kelishayotgan payt. Ertalabdan toʻziyotgan shamol kutilmaganda kuchli qum boʻronga aylandi. Hokimlik binosi tom qismida vahimali koʻchish sodir boʻldi. Yaxshiyam, odamlar sergak va xushyor. Hech kimga jismoniy ziyon yetmadi», — deydi tuman hokimi.
Vahobjon Qahhorovning soʻzlari koʻra, tuman hokimligi binosi oldidagi usti yopiq aholi dam olish oʻrindiqlariga ham jiddiy shikast yetgan. Yoritgichlar sinib, binoga elektr energiyasi yetkazib beruvchi barcha simlar ishdan chiqqan. Shuningdek, tuman soliq idorasi binosi shifti ham qum boʻronda qoʻporilib koʻchib tushgan. Bir nechta aholi yashash uylarining shiftlari koʻchgan, koʻngilsiz oqibatlardan ehtiyotlanish uchun qator manzillarni elektr energiyasidan uzib qoʻyishga toʻgʻri kelgan.
Tuman hokimining taʼkidlashicha, hokimlik vakiliga tegishli Nexia avtomashinasi uchib tushgan tom ostida qolgan va jiddiy shikastlangan.
“Tabiiy ofat tufayli tumandagi inshootlarga, aholi turar joy binolari shiftlariga talafot yetdi. Holat haqidagi xabarni eshitiboq, viloyat hokimi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi va sektor rahbarlari zudlik bilan yetib keldi. Tez kunda talafot oqibatlari bartaraf etiladigan boʻldi”, — deydi Qahhorov.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur binolar shiftlari bundan 7-8 yil ilgari sifatli qurilish materiallaridan mustahkam oʻrnatilgan. 2019-yilda Buxoroda esgan kuchli shamolga dosh bergan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q