Jamiyat
18-noyabr kuni soat 11:00 da “Xalqlar doʻstligi” maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri oʻtkaziladi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashkil etadigan tadbirda davlat va jamoat arboblari, taniqli shoir va yozuvchilar, madaniyat va sanʼat nomoyandalari, sportchilar, harbiylar, faol yoshlar, OAV vakillari ishtirok etadi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kunning 31 yilligi munosabati oʻtkazilgan “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” mavzusidagi videoroliklar tanlovi hamda “Inson qadri uchun” turkumidagi videoroliklar tanlovi gʻoliblari taqdirlanishi kutilmoqda.
Shuningdek, tadbirda Vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar ijro etilib, harbiylar ishtirokida chiqishlar namoyish etiladi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz boʻylab oʻtkaziladigan “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostidagi tantanali bayram tadbirlariga taklif etadi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
112122
Jamiyat
94805
Jamiyat
90854
Jamiyat
75651
Jamiyat
//
Izoh yo‘q