
Sport
Shavkat Mirziyoyev kibersport oʻyinlarini rivojlantirishga oid qarorni imzoladi.
Unga koʻra, 2023-yildan boshlab anʼanaviy tarzda kibersport turlari boʻyicha:
— har yili aprel oyida “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati;
— har yili dekabr oyida “Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri;
— har yili iyun oyida “Yoshlar kubogi” turniri oʻtkaziladi.
Bunda ushbu musobaqalar uch bosqichda oʻtkaziladi hamda tuman (shahar) va viloyat bosqichlari onlayn boʻladi.
— Kibersport boʻyicha musobaqalarda gʻolib hamda sovrindor boʻlgan kibersportchilarga biryoʻla beriladigan pul mukofotlari va sovgʻalar soliqqa tortilmaydi.
— Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi ochiladi hamda oʻqish muddati 3 yil boʻladi.
— “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatida oxirgi bir yilda gʻolib (1-oʻrin) boʻlgan kibersportchilar 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi.
— Kibersport faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga kiritiladi.
— 2023-yil 1-yanvardan boshlab kibersport klublariga ularning bino va inshootlar ijara toʻlovi xarajatlarini qoplash uchun hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan har oyda 3 oy davomida 15 million soʻmgacha pul mablagʻlari ajratiladi. Ajratilayotgan mablagʻlarni kibersport klublariga alohida shartlar (kibersportchilarni tayyorlash, trener jalb qilish, musobaqalarda ishtirok etish va boshqalar) asosida beriladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q