Jamiyat
Buxoro shahridagi 4-maktabda oʻqituvchi ayol uy vazifasini yaxshi bajarmagan oʻquvchilarning deyarli barchasini kaltaklagani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Buxoro viloyati XTBning maʼlum qilishicha, ushbu oʻqituvchi oʻz hohishiga koʻra lavozimidan ozod etilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda oʻqituvchi partalar qatori bilan yurib borib, oʻquvchilarning uy vazifasini tekshirganini, vazifalar bajarilganidan koʻngli toʻlmagan ayol ularning quloqlaridan tortgan, gardaniga, yuziga urgani tasvirlangan video tarqalgandi.
Buxoro viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan maxsus ishchi guruhi tuzilib, oʻrganish jarayonlari boshlab yuborilgan. Hozirda oʻz pedagogik faoliyatini bajarishda qoʻpol xatolikka yoʻl qoʻygani uchun maktab oʻqituvchisi oʻz arizasiga koʻra vazifasidan ozod etilgan.
“Ushbu holat Buxoro viloyatida favqulotda vaziyat sifatida baholanib, shu kunning oʻzida viloyat hokimi oʻrinbosari Mirali Hamroyev rahbarligida xalq taʼlimi boʻlimlari mudirlari, maktab direktorlari ishtirokida Zoom orqali yigʻilish oʻtkazilib, bu holat keng muhokama qilindi. Oʻqituvchilarning pedagogik madaniyatini oshirish va bunday xunuk holatlarning oldini olish borasida qatʼiy topshiriqlar berildi. Hozirda holat boʻyicha oʻrganish ishlari huquq-tartibot idoralari hamkorligida davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Muxabbat
12:01 / 01.01.1970
Men xam qatnashaman