Jamiyat
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan voqea – jurnalistga tahdid nafaqat media olamida, balki hukumat mutasaddilari e’tiboridan ham chetda qolgani yo‘q. Shu o‘rinda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Qalampir.uz jurnalisti Feruza Najmiddinovaga nisbatan uyushtirilgan soxta xabarlarga munosabat bildirdi.
“Ikki-uch kun oldin respublikamiz keng jamoatchiligi va jurnalist-blogerlar orasida katta rezonansga sabab bo‘lgan bir voqea to‘g‘risida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Bu ham bo‘lsa Qalampir.uz nashrining bosh muharriri o‘rinbosari Feruza Najmiddinovaga uyushtirilgan katta tuhmat, inson sha’niga, obro‘siga putur yetkazuvchi tuhmatdan iborat "feyk"larni tarqatishdek bu jirkanch holatni hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi.
Bunday xatti-harakatlarda Prezidentimiz “Qo‘rqmanglar, ortingizda men turibman”, deb o‘zlariga safdosh, kamarbasta bo‘lgan jurnalistlarga bildirgan fikrlaridan so‘ng men yana bir bor ishontirib aytmoqchimanki, har bir jurnalist, har bir bloger Prezidentimiz va qonun himoyasida. Shuningdek, Prezident administratsiyasi matbuot xizmati, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining ham tegishli boshqarmalari doim jurnalist va blogerlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bunday "feyk"larni tarqatuvchilarni ijtimoiy tarmoqlarda Prezidentimizning ochiqlik, oshkoralik siyosatlariga nisbatan tajovuz qiluvchilar va jurnalistik hamjamiyatimizga tahdid soluvchilar sifatida sifatlaymiz. Ishonchim komil, birinchidan, huquq-tartibot organlari tez orada mana shu "feyk"ning ortida turgan odamlarni topib, ularga qonunda belgilangan jazoni beradi. Ikkinchidan, "feyk" xabarlar tarqatuvchilariga chaqirig‘im, bizning huquq-tartibot organlarining imkoniyatlarini sinamanglar. Oxir-oqibat yaxshi bo‘lmaydi”, deydi Sherzod Asadov.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q