Siyosat
Yakshanba kuni Oʻzbekistonda elektr taʼminotidagi uzilishlar ortidan “Oʻzbekiston24” telekanali jurnalisti, bloger Aziza Qurbonova gaz bosimining kuchi hattoki choy damlashga ham yetmayotganini tanqid qilgandi.
Uning Facebookʻdagi mazkur posti ostida Uchtepa tuman hokimligining rasmiy sahifasi nomidan hokimning matbuot kotibi Toʻrabek Toʻrayev bildirgan izohlar koʻplab muhokamalarga sabab boʻldi.
“Hokimlik akkauntidan yozilgan bunday gaplarni oʻqish juda kulgili boʻlarkan”, – deb izoh qoldirgan Jamshid Niyozov ismli foydalanuvchilardan biri.
Uchtepa tuman hokimligi nomidan yozilgan soʻzlar ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab eʼtirozlarga sabab boʻlganidan soʻng, hokimlik munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, hokimlikning Tashkiliy kadrlar guruhi tomonidan holat boʻyicha oʻrganish oʻtkazildi.
“Haqiqatdan ham tuman hokimligining rasmiy sahifasi orqali hokimlik matbuot kotibi tomonidan his hayajonga berilib, yozgan fikrlari tanqid qilindi. Tuman hokimligi matbuot kotibining sohaga qoʻshgan hissasi va tumandagi boʻlayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlarni tezkorlik bilan yoritishi va bir necha respublika va halqaro tanlovlarda eʼtirof etilgani, qolaversa bunday eʼtirozli holatlarga muqaddam yoʻl qoʻyilmaganligi va koʻp yillik tajribasi inobatga olinib, tuman hokimi tomonidan unga ogohlantirish berilganligini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Hokimlik matbuot kotibining bundan keyingi faoliyatida tuman hokimligi nomidan bildirayotgan fikrlarida jurnalistik etikasiga rioya etishi tushuntirilganini qayd etdi.
Shuningdek, jurnalist Aziza Qurbonova ikki kunlik muzokaradardan soʻng gaz bosimi yaxshilangani haqida post qoldirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q