Siyosat
Oʻzbekiston Qirgʻiziston bilan chegarada yashovchi 130 ga yaqin oilani koʻchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 14-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishida bosh vazir Abdulla Aripov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, chegara hududlari delimitatsiya va demarkatsiya qilinganidan soʻng chegaradan 50 metr masofada himoya chizigʻi va ikki qator toʻsiqlar yaratiladi, shuningdek, “mudofaa va ekspluatatsiya” bilan bogʻliq boshqa talablar ham bajariladi.
“Albatta, maʼlum bir joylardan odamlarni koʻchirishga majbur boʻlamiz. Qilgan hisob-kitobimiz boʻyicha taxminan 130 ta xonadonni koʻchirish moʻljallangan. Taxminan 50 mlrd soʻm (4,5 mln dollar atrofida, har bir oilaga 384,6 mln soʻmdan toʻgʻri keladi – tahr.), uy-joylari, hovlilaridagi daraxti, uzumi – hammasi hisoblangan. Bu – taxminiy hisoblangan mablagʻ”, – dedi u.
Hukumat rahbari yangi uy qurish yoki yangi joydan turar-joy sotib olish uchun kompensatsiya olishlarini taʼkidladi.
“Ular xohlasa biz kompensatsiya qilib mablagʻini toʻlab beramiz va oʻzlari qurib olishlari uchun joy beramiz boshqa joydan. Yoki ularga yangi qurilgan joylardan taklif qilamiz, bergan kompensatsiya pulidan oʻzlari belgilangan oʻzining tannarxi qiymati sotib olish imkonini beramiz”, – dedi bosh vazir.
Abdulla Aripov “Hech kim norozi boʻlmaydi”, – dedi bu masala shaxsan prezident tomonidan nazorat qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q