Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasiga ishga oʻtdi

Saqlash
22:36 / 14.11.2022 2006 0

Prezident farmoyishi bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shuʼba mudiri lavozimiga tayinlandi.

 

Ushbu shuʼba yangidan tuzilgan boʻlib, Prezident Administratsiyasi rahbarining jamoatchilik fikrini oʻrganish va axborot siyosati uchun masʼul oʻrinbosari tizimi tarkibiga kiradi.

 

Shuningdek, S.Sh.Mirziyoyeva ijtimoiy soha, madaniyat va taʼlim sohalaridagi islohotlar ijrosining borishini ham nazorat qiladi. 

 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri, iqtisodiyot fanlari nomzodi Saida Mirziyoyeva koʻp yillar davomida turli sohalarda, shuningdek, 2019-2020-yillarda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining oʻrinbosari, 2020-yildan bugungi tayinlovga qadar Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari lavozimlarini egallagan.

 

“Uning faoliyati davomida soʻz erkinligini taʼminlash, vazirlik va idoralarning ochiqlik siyosati, matbuot xizmatlarini joriy etish, madaniyat sohasini rivojlantirish va gender tenglik masalalari boʻyicha koʻplab loyihalar amalga oshirildi”, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//