Shavkat Mirziyoyev Istanbulda sodir etilgan portlash sabab Turkiya Prezidentiga taʼziya yoʻlladi

Saqlash
21:41 / 14.11.2022 1108 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Istanbul shahri Beyoʻgʻli tumanidagi Istiqlol koʻchasida yuz bergan portlash oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanga taʼziya yoʻlladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qildi.

 

Davlat rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari hamda yaqinlariga taskin-tasalli va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.

 

13-noyabr kuni soat 16:20 da Turkiyaning Istanbul shahri Beyoʻgʻli tumanidagi Istiqlol koʻchasida portlash sodir boʻldi. Shahar voliysi Ali Yerlikayaning maʼlum qilishicha, hodisa oqibatida 6 kishi halok boʻldi, 53 kishi jarohatlandi.

 

Mamlakat Prezidenti Rejep Tayyib Erdogʻan “hujumda terroristik akt hidi bor”ligini qayd etdi. “Bir ayol kishining ushbu ishda roli borligi yuzasidan dastlabki dalillar mavjud”, – dedi u.

 

Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi hodisa yuzasidan munosabat bildirar ekan, shahar hokimiyati qoshida tuzilgan shtab bilan aloqada ekanini maʼlum qildi. “Xozirga qadar hodisa oqibatida jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari mavjudligi haqida maʼlumot yoʻq”, — deyiladi yana bir xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//