Toshkentda qalbaki dollarni muomalaga chiqarmoqchi boʻlganlar ushlandi

Saqlash
20:09 / 14.11.2022 1121 0

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan qalbaki kupyuralarning muomalaga kiritilishining oldi olindi, deya xabar bermoqda departament matbuot xizmati.

 

Maʼlum qilinishicha, fuqaro F.X. qalbaki 8300 dollarni fuqaro E.I.ga 4150 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, departamentning Yashnobod tuman boʻlimi fuqaro A.K. “G.B.” mehmonxonada xizmat faoliyatini olib borayotgan D.P.ga qalbaki 500 dollarni 5,2 mln soʻmga sotganini aniqlandi.

 

Departamentning Yangiyoʻl shahar boʻlimi esa Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar D.A. va M.X. shahar dehqon bozorida amalga oshirgan xaridi uchun YATT “K.I.”ning sotuvchisi D.A.ga 2 dona 50 kupyurali qalbaki dollar berganligi maʼlum boʻldi. Ularning yonidan qalbaki 300 dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//