Andijonning uch tumanida yer qimirladi

Saqlash
20:07 / 14.11.2022 1048 0

Bugun, 14-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 13:01 da Qirgʻizistonda zilzila sodir boʻldi.

 

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, zilzila koordinatalari: 40,51 gradus shimoliy kenglik; 72,69 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3. Chuqurlik 20 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 304 km janubiy-sharqda.

 

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

 

Xoʻjaobod tumanida 2-3 ball, 17 km.

 

Buloqboshi tumanida 2-3 ball, 20 km.

 

Jalaquduq tumanida 2 ball, 25 km.

 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yer qimirlashi qayd etilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//