Jamiyat
Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan xonadonlarning birida sherlar boqilayotgani maʼlum boʻldi. Bu haqda Telegramʻdagi “Ekologuz” kanali xabar berdi.
Xabarga koʻra, murojaat boʻyicha “Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish NNT vakili, Parkent tuman Ekologiya boshqarmasi vakillari bilan ushbu xonadonga tashrif buyurilgan.
Aniqlanishicha, Krasnogors shaharchasidan chiqib ketishdagi dala hovlilarning birida ikkita sher (erkak va urgʻochi) va ularning bolasi boqilmoqda. Taʼkidlanishicha, sherlar tor, qorongʻi yertoʻlasimon joyda saqlanyapti, bolasining bir koʻzi parda bilan qoplangan. U ota-onasidan ajratib olingan.
Uy egasining aytishicha, sherlar Andijon hayvonot bogʻidan sotib olingan boʻlib, barcha hujjatlari mavjud (ammo ularni taqdim etmagan) va ular Krasnogorskda xususiy hayvonot bogʻini ochish harakatida.
“Ammo hali boqqa yer ajratilmagan. Sherlarning qorni toʻqdir balki, ammo 2 yildan buyon qorongʻi joyda saqlanayotgan sherlarni koʻrib, yuragim ezilib ketdi. Hayvonot bogʻi ochilgan taqdirda ham bor-budini bugungi kunda sherlarning qornini toʻydirishga sarflayotgan oila aʼzolari undan qanchalik daromad ola olishadi? (Yopilgan Navoiy hayvonot bogʻiga kirish 5000 soʻm edi. Albatta, kelayotgan daromad bilan hayvonlarning qornini toʻydirib boʻlmasdi)”, — deb yozadi post muallifi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q