Siyosat
Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida yuqori martabali mehmonlarni taqdirlash marosimi oʻtkazilmoqda.
"Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya yetakchisi Rejep Tayyip Erdogʻan hamda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni “Turkiy dunyoning oliy ordeni” bilan mukofotladi", deya xabar bermoqda oyina.uz muxbiri.
«Hurmatli Rejep Tayyip Erdogʻan Janobi Oliylari! Sizning barcha qardosh ellarimizga boʻlgan cheksiz mehru muhabbatingiz, hurmat va ehtiromingizni hammamiz yaxshi bilamiz va alohida qadrlaymiz. Turkiy davlatlar mustaqilligini mustahkamlash, ularning manfaat va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surish borasidagi jonbozligingiz ham albatta tahsinga sazovor.
Sizga taqdim etilayotgan yuksak orden turkiy oilamiz jipsligi va ahilligini, uning yanada hamjihatligini kuchaytirish borasidagi xizmatlaringizning amaliy eʼtirofi, desam, ayni haqiqatni aytgan boʻlaman. Sizni ushbu oliy mukofot bilan anjumanimizning barcha ishtirokchilari nomidan samimiy tabriklayman», dedi davlatimiz rahbari.
Qayd etish kerakki, ushbu mukofot 2019-yildan beri sammit ishtirokchilariga topshirib kelinadi. Bokuda oʻtkazilgan sammitda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga ushbu ordenni topshirgan edi. 2021-yilda esa Turkiya prezidenti Ozarbayjon yetakchisini ayni orden bilan mukofotlagan.
Shuningdek, marhum atoqli adib Chingiz Aytmatov Turk dunyosi birligini taʼminlashga qoʻshgan hissasi uchun Alisher Novoiy nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi.
Shavkat Mirziyoyev mukofotni eʼlon qilar ekan, adib haqida iliq fikrlarini bildirdi.
“Buyuk adib va jamoat arbobi, ulugʻ gumanist, marhum Chingiz Aytmatov barcha xalqlarimizning chin doʻsti, turkiy tarix va madaniyatni butun dunyoga tarannum etgan betakror ijodkor, oʻlmas asarlari orqali azaliy urf-odat va olijanob qadriyat-larimizni jahondagi millionlab insonlar qalbiga muhrlay olgan mutafakkir shaxs edi”, dedi Prezident.
Chingiz Aytmatovga berilgan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofoti Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q