Siyosat
Samarqandda boʻlib oʻtayotgan Turkiy davlatlar sammitida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan ham nutq soʻzladi.
«Biz 2014-yildan buyon eng koʻp qochoqlarni qabul qilgan davlatmiz. Biz qabul qilgan 5 million qochoqning 3,6 millioni suriyaliklar. Kelgusi yilda Qorabogʻdagi gʻalabaning ikki yilligi nishonlanadi. Biz doimo Ozarboyjonning yonida boʻlamiz va qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz. Turkiya Ozarbayjonni tinchlikka erishish yoʻlida har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi.
Noqonuniy migratsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligimizni kengaytirish, shu nuqtayi nazardan umumiy xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq boʻlardi», dedi Turkiya prezidenti.
Shuningdek, Erdoʻgʻan “Turkiy davlatlar tashkiloti investitsiya jamgʻarmasi imkon qadar tezroq amalga oshirilsa, foydali boʻlardi”, dedi deya xabar bermoqda “Oyina.uz” muxbiri.
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
109753
Jamiyat
94129
Jamiyat
89919
Jamiyat
73122
Jamiyat
//
Izoh yo‘q