Jamiyat
Toshkentda yozuvchi Nazir Safarovga uy devoridan barelyefi oʻgʻirlab ketganlikda gumon qilingan ikki erkak qoʻlga olindi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi. Barelyefning narxi 19 mln soʻmligi maʼlum qilindi.
Xabarga koʻra, oʻgʻirlik 30-sentyabr kuni soat 16:00 atrofida 25 yoshli Diyor S. va 23 yoshli Boburjon N. tomonidan sodir etilgan. Ular voqea joyidan qochib ketishgan, lekin ushbu shaxslar tezda aniqlanib, hibsga olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (“Oʻgʻirlik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112523
Jamiyat
95185
Jamiyat
91643
Jamiyat
76147
Jamiyat
//
Izoh yo‘q