Oʻzbekistonda yana bir NNT tashkil etildi

Saqlash
10:20 / 04.11.2021 947 0

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi va kino sanoati vakillari muassisligida Oʻzbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi oʻz ishini boshladi. Markaz nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi. Bu haqida Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Markaz quyidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi:

 

- Kino sanʼatini jamiyatning maʼnaviy, madaniy-maʼrifiy hayotida, jumladan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda strategik manba sifatida shakllantirish;

 

- kino sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, shuningdek, xorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb qilish va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni rivojlantirish;

 

- kino sanoatini iqtisodiyotning alohida tarmogʻi sifatida rivojlantirish, zamonaviy va yuqori texnologik moddiy-texnik bazaga ega infratuzilmani yaratish;

 

- kinematografiya sohasida kadrlar tayyorlash, kino ijodkorlari va texnik xodimlari malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish;

 

- milliy seriallar ishlab chiqarishni davlat tomonidan ragʻbatlantirish, animatsion filmlar ishlab chiqarishga yosh multiplikator va animatorlarni keng jalb qilish;

 

- sohada mualliflik huquqining kafolatli himoya qilinishini taʼminlash, kinoprokat tizimini rivojlantirish va milliy filmlarni jahon kino bozorlariga olib chiqish va boshqalar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//