Jamiyat
Oʻzbekistonga tashrif buyuradigan umumiy sayyohlarning 60 foizi Turkiya, Ozarboyjon, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlari hissasiga toʻgʻri keladi. Shundan, 30 foizi Qozogʻistondan tashrif buyuradigan turistlar hisoblanadi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirining maslahatchisi Temur Mirzayev Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand cammiti oldidan oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, 2018-yilda Turkiyadan tashrif buyurganlar sayyohlar soni 41 299 kishini tashkil qilgan boʻlsa, 2019-yil ushbu koʻrsatgich 63 539 kishiga ortgan. 2020-yil yakuniga koʻra esa mamlakatimizga 20 958 Turkiya fuqarosi tashrif buyurgan. 2021-yilda 44 168 ta, 2022-yilning 9 oyi davomida 56 792 turkiyalik sayyoh yurtimizga kelgan.
“Shuningdek, Ozarboyjondan Oʻzbekistonga 2018-yilda 10 465 nafar, 2019-yilda 12 367 nafar sayyoh kelgan. 2020-yilda 2 213 nafar, 2021-yilda 2 890 nafar, 2022-yilning soʻnggi 9 oyida esa 5 414 kishi Oʻzbekistonga keldi”, dedi matbuot kotibi.
Temur Mirzayevga koʻra, 2017-yilda Qirgʻizistondan 366 ming kishi kelgan boʻlsa, 2018-yilda bu raqam keskin oshgan – 1 mln. 56 ming kishi.
2019-yil 1 mln. 454 kishi, 2020-yil 1 million 454 907 ming, 2021-yilda esa 652 166 nafar sayyoh kelgan boʻlsa, joriy yilning 9 oyida bu raqam 920 000 kishini tashkil etgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q