Jamiyat
Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ–416-son, 08.11.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
- Toshkent arxitektura-qurilish instituti Toshkent arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, u muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yoʻnalishlariga ixtisoslashtiriladi.
- Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros obyektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yoʻnalishlariga ixtisoslashtiriladi.
Universitetlarda oʻquv jarayonlari davlat, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi va ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab Universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.
Universitetlar tuzilmasida Strategik rivojlantirish boʻyicha birinchi prorektor lavozimi joriy etiladi.
2023-yil 1-martga qadar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro taʼlim va kasb klassifikatorlariga muvofiq maqbullashtiriladi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Texnopark, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida Inkubatsiya markazi tashkil etiladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q