Siyosat
Turkiy davlatlar tashkiloti Investitsiya jamgʻarmasi taʼsis etiladi. Bu haqida TDT iqtisodiyot va savdo vazirlari bilan oʻtgan uchrashuvdan soʻng Bosh vazir oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev maʼlum qildi, deya xabar bermoqda “Oyina.uz” muxbiri.
"Turkiy davlatlar tashkiloti iqtisodiyot va savdo vazirlarining 11-yigʻilishida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida, Turkiy davlatlar tashkiloti Investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish boʻyicha Bitimni imzolanishini kelishib oldik. Ishonamanki, Investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish koʻp qirrali munosabatlarimizni rivojlanishida yangi zamin yaratadi.
Shuningdek, “Savdoga koʻmaklashish strategiyasi” Turkiy davlatlar tashkiloti birinchi sammiti doirasida imzolanishi, Tashkilot mamlakatlarida savdodagi miqdoriy cheklovlar hamda notarif choralarni bartaraf etilishiga koʻmaklashadi", deya taʼkidlagan Xodjayev.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q