O‘zbekistonda birinchi marta davlat aholi xonadonida ishlab chiqarilgan elektr energiyani sotib ola boshladi

Saqlash
14:49 / 04.11.2021 938 0

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi Rasulov Rahimjon xonadonida 6 kVt quvvatli kichik quyosh foto elektr stansiyasi o‘rnatib, ushbu stansiya orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojlaridan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni boshladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

 

3-noyabr kuni mazkur xonadon egasi va Energetika vazirligi tizimidagi Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi ortasidaQayta tiklanuvchi energiya manbalarining kichik obyektlaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish togrisidashartnoma imzolangan. Endilikda ushbu xonadonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini hududiy elektr ta’minoti korxonasi tomonidan kafolatlangan tarzda sotib olinadi.

 

 

Shartnoma umumiy o‘rnatilgan quvvati 1 megavattgacha (o‘zgaruvchan tok) bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlaridan, (mikro va kichik gidroelektr stansiyalardan tashqari) elektr energiyasini xarid qilishga taalluqlidir.

 

Ushbu amaliyot Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi 610-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektr energetika tizimiga ulash reglamenti”ga asosan amalga oshiriladi.

 

 

“Shu kabi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotish – ASKUE tizimi doirasida o‘rnatilgan zamonaviy elektron hisoblagichlar orqali amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.

 

Ma’lumot uchun, shaxsiy quyosh fotoelektr stansiyalarini (1 MVt gacha) o‘rnatish istagida bo‘lgan fuqarolar stansiyalarini yagona energetika tizimiga ulangan holda foydalanishlari hamda o‘z ehtiyojlaridan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yuqoridagi qarorlarga asosan shartnoma asosida sotishlari mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//