Jamiyat
Bu haqda AOKAda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot kotibi Mohruxsor Tog‘ayeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Brifingda qayd etilganidek, Reklama munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa 10 ga yaqin qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning oldini olish maqsadida Agentlik tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 19 mingdan ziyod o‘rganishlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 10 ming holatda turli kamchiliklar aniqlangan va ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Shuningdek, reklama qilinishi qonun bilan taqiqlangan yoki cheklangan mahsulotlar, xususan tamaki, elektron sigaretalar, energetik ichimliklar, alkogol, pivo, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasi bo‘yicha aniqlangan holatlar bartaraf etilishi ta’minlandi.
Ma’lumki, bugungi kunda respublikamizda totalizator va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish va bunday xizmatlarni reklama qilish noqonuniy hisoblanadi. Shu maqsadda o‘tkazilgan 385 ta o‘rganishlarda 168 ta holatda bunday xizmatlar reklamasi aniqlangan va ularning barchasi bartaraf etilgan. Natijada Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda 10 dan ortiq totalizator va bukmekerlik reklamasini noqonuniy ravishda yurituvchi saytlarga kirish cheklab qo‘yildi. Bu sohadagi ishlar davom etmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q