Jamiyat
Yoz yakunlanib borgani sari aksariyat ota-onalar yangi o'quv yilidan qanday shaklda davom etishi haqida bosh qotirayotgani sir emas. Buborada vazirlik matbuot xizmati ma'lumot berdi. Xabarga ko'ra, Xalq ta’limi vazirligi yangi 2021/2022-o‘quv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bunda maktabda yuzaga keladigan vaziyatga qarab maktab Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari taklifiga binoan mahalliy kengashlar qarorlariga ko‘ra ayrim maktablar karantinga yopilib, masofaviy tizimga o‘tkazilishi mumkin.
“Bunday holatlarda o‘quvchilar ta’limni vaqtincha masofaviy shaklda uydan davom ettiradi. O‘quvchining masofadan ta’lim olishiga imkoniyat yaratish maqsadida Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali ‘Onlayn maktab’ loyihasi doirasida efirga uzatilayotgan darslar davom ettiriladi.
Shu o‘rinda Xalq ta’limi vazirligi an’anaviy ta’limning to‘liq tiklanishi uchun barcha tizim xodimlaridan tezroq vaksina olishlarini so‘rab qoladi. Hech qanday eng zamonaviy masofaviy ta’lim tizimi ham bevosita maktabdagi ta’lim o‘rnini bosa olmaydi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q