Maktablar reytingi eʼlon qilindi: Navoiy eng yuqori oʻrinda

Saqlash
14:11 / 03.11.2021 1169 0

Bugun, 3-noyabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida umumtaʼlim muassasalari reytingini eʼlon qilishga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

 

Unda 14 ta hududdagi 207 ta tuman (shahar)larda joylashgan 9622 ta maktablar faoliyati tahlili natijalari asosida 2020-yil yakunlari boʻyicha hududlar reytingi eʼlon qilindi.

 

Mazkur reytingda hududlar boʻyicha eng yuqori oʻrinlarni Navoiy, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahri egallagan boʻlsa, eng oxirgi oʻrinlarni Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari band etishdi.

 

Tuman va shaharlar reytingida esa yuqori oʻntalikdan Navoiy shahri, Yakkasaroy tumani, Nukus tumani, Zarafshon shahri, Uchquduq tumani, Bektemir tumani, Mirobod tumani, Qorovulbozor tumani, Boʻston tumani va Yashnobod tumani joy oldi.

 

Soʻnggi oʻrinlarda esa Soʻx, Uzun, Beruniy, Chiroqchi, Dehqonobod, Toʻrtkoʻl tumanlari, Namangan shahri, Muzrabot tumani, Margʻilon shahri, Boʻzotov tumani ekanligi maʼlum boʻldi.

 

Maʼlumot uchun: eʼlon qilinayotgan reyting koʻrsatkichlar orqali hududlardagi hokimlar hamda ularning taʼlim va tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari faoliyatiga baho beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish