Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev 3-noyabr, payshanba kuni Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari boʻyicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan uchrashadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov jurnalistlar uchun oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 31-oktyabr kuni Prezidentga qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va bu borada issiqxonalar faoliyatini qoʻllab quvvatlash masalasida hisobot bergan.
Kunning ikkinchi yarmida hudud va tarmoqlarda energiya tejamkorligini taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan soha mutasaddi rahbarlari ishtirokida taqdimot rejalashtirilgan.
Shuningdek, mazkur hafta davomida iqtisodiyot tarmoqlariga berilayotgan imtiyozlar samaradorligini oʻrganish natijalari yuzasidan muhokama, mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish borasida mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etish yuzasidan kengaytirilgan majlis va odil sudlovni taʼminlash hamda sud islohotlarini yanada takomillashtirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimotlar oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Boshlangan noyabr oyi avvalida tashqi siyosiy masalalarda ham qator tadbirlar borligi maʼlum qilingan.
Shu bilan birga, 3-noyabr kuni davlat rahbarining Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari boʻyicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q