Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimchalar kiritishga oid qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda.
Yangi kiritilayotgan 197-7-moddaga koʻra, tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish – fuqarolarga BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Ushbu huquqbuzarliklarni jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 3 kunlik muddatda koʻrib chiqish taklif qilinmoqda.
2019-2022-yillar davomida Oʻzbekistonda 290 ga yaqin holatda tibbiyot xodimlariga nisbatan turli shakldagi tajovuzlar qilingan.
Taʼkidlash joizki, Rossiya va Qozogʻiston Respublikasining MJtKda tibbiyot xodimi faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun alohida javobgarlik nazarda tutilgan.
Qonun loyihasi tashabbus huquqi asosida Bosh prokuror tomonidan kiritilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q