Oʻzbekistonda qaysi hududlarda eng koʻp maosh berilgani maʼlum boʻldi

Saqlash
14:50 / 31.10.2022 1062 0

2022-yil yanvar—sentyabr oylarida Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik ish haqi 3,72 mln soʻmni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 24,9 foizga oʻsdi. Bu haqida Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.

 

Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblashda 3 mln nafar xodimning maʼlumotlaridan foydalanilgan. 

 

Maʼlum boʻlishicha, yanvar–sentyabr oylarida hududlar kesimida eng yuqori oʻrtacha maosh Toshkent shahriga toʻgʻri keladi – 5,96 mln soʻm. Toshkent oʻtgan chorakda ham birinchi oʻrinda qayd etilgan edi. 

 

Koʻplab sanoat zonalari joylashgan Navoiy viloyati 4,95 mln soʻmlik koʻrsatkich bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. Toshkent viloyati esa bu davrda uchinchi pogʻonada qolgan – 3,8 mln soʻm. 

 

Yil boshidan beri eng kam oylik ish haqi 2,73 mln soʻmlik maosh bilan Samarqand viloyatida qayd etilgan. Shuningdek, Fargʻona (2,78 mln soʻm) va Namangan viloyatlarida (2,8 mln soʻm) ham oylik maosh qolgan hududlarga qaraganda nisbatan pastroq boʻlmoqda.  

 

Oʻzbekistonda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga 2022-yil 1-iyundan oʻzgartirish kiritilgan hamda 920 ming soʻmga yetkazilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 243
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 56
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 91
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//