Jamiyat
29-30-oktyabr kunlariga respublikaga yana gʻarbdan nam havo oqimlari kirib kelishi va ulardan vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik kuzatilishi prognoz qilinmoqda.
Oʻzgidromet prognozlariga binoan, 29-oktyabr kuni avvaliga shimoliy viloyatlar soʻngra, respublikaning boshqa viloyatlarida gʻarbdan sharqqa tomon harakatlanuvchi nam havo oqimidan yogʻinlar kutiladi.
30-oktyabr kuni shimoliy viloyatlardan tashqari boshqa viloyatlarda yogʻingarchilik saqlanadi.
27-28-oktyabr kunlari esa joylarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin koʻtarilib, janubiy viloyatlarda harorat maksimumi +22 darajagacha isiydi.
Shunga qaramay, mazkur kunlari antitsiklon taʼsir ostida kechalari harorat sezilarli darajada sovuqroq boʻladi. Xususan, 27-oktyabr tunda Qoraqalpogʻistonning bir nechta tumanlarida harorat minimumi -2 daraja sovuqni tashkil etadi.
Darvoqe, 29-oktyabr kechga borib, Toshkentda 12-14 mmgacha koʻp yogʻin kuzatilishi mumkin ekan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q