Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda gazli ichimlikni behayo tarzda reklama qilayotgan qizlar tasvirlangan video tarqalgan edi. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi holat boʻyicha rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, 2022-yilning 15-16-oktyabr kunlari Bektemir tumanida joylashgan savdo majmuasi oldida oʻtkazilgan «Drift shou» tadbirida reklama firmalaridan biri ichimlik suvining reklamasi uchun ikki nafar qizni yollagan. 1993 va 1985-yilda tugʻilgan qizlar tadbir davomida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etib, jamoat tartibini buzgan.
Holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarilk toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga taqdim etilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q