Jamiyat
26-oktabr kuni “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori [PQ-411-son] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan tegishli roʻyxatda belgilangan dorilardan tashqari barcha yangi dori vositalari klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Quyidagilar bekor qilinadi:
– retseptsiz beriladigan dorilar roʻyxatini Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlash;
– dori moddalarini (substansiyalarni) davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
– Oʻzbekistondan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarining roʻyxatdan oʻtkazish natijalarini tan olishda standart namunalarini talab etish.
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlar dori va tibbiy buyumlar bilan shifoxona orqali taʼminlanadi.
Mazkur jarayon dastlab respublika darajasidagi shifoxonalarda 2023-yil davomida tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi.
Shunga koʻra, 2022-yil yakunigacha shifoxonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi. 2023-yil 1-iyuldan referent narxlari qayd etilmagan yoki qayd etilgan narxdan yuqori boʻlgan dori vositalarini sertifikatlashtirish taqiqlanadi.
2023-yil 1-maydan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dorilar uchun dorixonalar tomonidan beriladigan xarid chekining fiskal belgisi soliq organlarining maxsus mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilganda dorilar narxlari Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining axborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi.
Dorilarning chakana narxlariga belgilangan ustamalar oshirib qoʻllanilganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organiga avtomatik ravishda xabar yuboriladi.
Xarid cheki boʻyicha narx dorining chakana referent narxidan ortiq deb topilganda, huquqbuzardan jarima undiriladi.
2023-yil 1-martgacha dori vositalarining ishlab chiqarilishidan boshlab ularning isteʼmoli natijasigacha boʻlgan jarayonlarni nazarda tutuvchi Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q