Toshkentda ichimlik reklamasida behayo harakatlar qilgan qizlar boʻyicha IIVga soʻrov yuborildi

Saqlash
17:08 / 27.10.2022 2131 0

Kecha, 26-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Mountain Dew” tovar belgisi ostida oʻtkazilgan tadbirda axloqsizlik va hayosizlik xatti-harakatlari namoyish etilgan videorolik keng tarqaldi.

 

Ayni paytda bu harakatlar yuzasidan IIVga soʻrov yuborilgan. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabarida bu haqda soʻz boradi.

 

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “Mountain Dew” tovar belgisi ostidan oʻtkazilgan tadbirida axloqsizlik va hayosizlik xatti-harakatlari namoyish  etilgan videorolik boʻyicha agentlik tezkor oʻrganish oʻtkazdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, “Mountain Dew” tovar belgisi ostida chiqarilgan gazlangan ichimligi sertifikatlashtirish organi tomonidan 2021-yil 8-iyulda UZ.SMT.01.0033.66104488-sonli muvofiqlik sertifikatiga asosan gazlangan alkogolsiz ichimliklar tasnifiga kiritilgan va energetik ichimlik hisoblanmaydi. Shu bois, “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasiga asosan Energetik ichimliklarning reklamasiga doir belgilangan cheklovlar unga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Taʼkidlanishicha, tarqalgan videorolikda joriy yilning 15-oktabr kuni Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Avto – Shou” tadbiri qatnashuvchilar tomonidan videotasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan.


Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasiga asosan, bezorilik, yaʼni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-doʻpposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki oʻzganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bogʻliq holda sodir etganlik uchun huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//