Jahon
Afg‘onistonda bir guruh terrorchilar Kobuldagi shifoxonaga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligiga asoslanib ria.ru nashri.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, “ISHID”ning besh nafar jangarisi bir vaqtning o‘zida Kobul shifoxonasiga bir nechta hujumlarni amalga oshirgan. Afg‘onistonning Bakhtar agentligi xabar qilishicha, Kobuldagi kasalxonaga hujum “Islom davlati” terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan uyushtirilgan.
Avvalroq voqea guvohlaridan biri RIA Novosti agentligiga bir kun avval terrorchilar Afg‘oniston poytaxtidagi shifoxonaga kirganini ma’lum qilgandi. Portlashlar sodir bo‘lgach Tolibon bilan to‘qnashuvlar boshlangan. Hujum oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan, 50 kishi jarohat olgan.
Nashrning yozishicha, hozirda Kobulda kasalxonaga hujum qilgan terrorchilarning barchasi yo‘q qilingan.
"Qurolli to‘qnashuvda jinoyatchilarning biri kirish eshigi qarshisida portlab ketgan, yana uchtasi Islom Amirligi jangchilari tomonidan yo‘q qilingan", deyiladi xabarda.
Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi vakili Qori Said Xostiyning ma’lum qilishicha, voqea joyiga zudlik bilan maxsus topshiriqlar xizmati askarlari yetib borgan.
Ayni damda kasalxonada vaziyat barqarorlashgani aytilmoqda.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q