Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini sifatli uy-joy bilan taʼminlash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik koʻrgan holda boshlash masalasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.
– Aytish joizki, joylardagi saylovoldi uchrashuvlarida har bir hududda barcha iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmaga ega boʻlgan “Yangi Oʻzbekiston massivlari”ni barpo etish, bu orqali kelgusi besh yilda 250 mingdan ziyod xonadonlar qurishni reja qilganmiz. Ushbu massivlar kompleks rivojlanish tamoyili asosida barpo etiladi. Bunda har bir massivga ajratiladigan yer uchastkalarida sanoat loyihalari, xizmat koʻrsatish obyektlari va ijtimoiy infratuzilma bir vaqtda quriladi, – dedi Prezident.
Misol uchun, Gʻijduvon tumanida 55 ming xonadon boʻlib, 5 mingdan ortiq oila uy-joyga muhtoj. Shuningdek, 14 ming nafar aholi ishsiz. Tumandagi 39 ta maktab 2 smenada ishlamoqda, 15 ta bogʻchaga talab mavjud. Kuni kecha qabul qilingan qarorga asosan, “Gʻijduvon erkin iqtisodiy zonasi” hududiga qoʻshimcha 200 gektar maydon ajratildi.
Bu yerda kelgusi ikki yilda 200 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 6 mingta ish oʻrni yaratish reja qilingan. Ushbu hudud atrofidagi Baraka mahallasida 74 gektar boʻsh maydonda “Bogʻdod tajribasi” asosida 2,5 ming xonadonli 130 ta koʻp-qavatli uy-joy massivi qurish, 420 oʻrinli maktab, bogʻcha, oilaviy shifokor punkti, mahalla binosini barpo etish uchun barcha sharoit mavjud. Tadbirkorlarga yer ajratib, 20 ta servis obyekti ham qurish mumkin boʻladi.
Ushbu massivga suv, kanalizatsiya, elektr tarmoqlari olib borish, ijtimoiy obyektlar qurish uchun kelgusi ikki yil davomida 50 milliard soʻm talab etiladi.
Xuddi shu kabi Chustdagi Gulzor, Urgutdagi Mergancha, Jarqoʻrgʻondagi Qorayantoq, Fargʻona tumanidagi Mingdonobod, Chirchiqdagi Iftixor mahallalari atrofida kichik sanoat zonalari tashkil etilib, 200 ta loyihani amalga oshirish hamda 7,5 mingta ish oʻrni yaratish belgilab olingan.
Bu hududlarda ham 2-3 ming xonadonli “Yangi Oʻzbekiston massivlari”ni barpo etish mumkinligi qayd etildi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q