Jamiyat
Oʻzbekistonda profilaktika ishlari doirasida telekanallar faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi, deya xabar qilmoqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini taʼminlash maqsadida Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi — “RRTM” Davlat unitar korxonasining texnik vositalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda oʻchirib, profilaktika ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Xabarga koʻra, “RRTM”ning raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida, teleradio uzatgichlarida, antenna-fider tizimlarida va sunʼiy yoʻldosh qabul qilish-uzatish qurilmalarida profilaktika ishlari 2021-yilning 1–23-noyabr kunlari oʻtkaziladi.
Navbatdagi rejali profilaktika ishlari 1–23-noyabr kunlari jadval asosida har bir hududda navbatma-navbat tungi soat 1:00 dan 06:00 gacha teleuzatgichlarda profilaktika ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu muddat oraligʻida har bir hududda (Toshkent shahridan tashqari) faqat bir kun tungi soat 01:00 dan 06:00 gacha davlat va nodavlat telekanallarni efirga uzatilishi vaqtincha toʻxtatilishi mumkin.
Taʼkidlanishicha, toʻxtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini oʻzgartirish tavsiya etilmaydi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q