“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jamiyat
20:53 / 02.11.2021
2255
0
Tadbir Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan video-rolik bilan boshlanadi. Marosimni Bosh vazir o‘rinbosari Bekzod Musayev ochib berdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, “Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud” yo‘nalishining rag‘batlantiruvchi mukofoti bilan:
- Ra’no Rahimova – Jondor tumanida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishni targ‘ib etishda faollik ko‘rsatgani uchun;
- Diyor Boychayev – Yangiqo‘rg‘on tumanida davlat tilini targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda faolligi uchun;
- Samariddin Dagarov – Narpay tumanida joy nomlarini to‘liq davlat reestriga kiritilishini ta’minlagani uchun;
- Doniyor Ahmedov – Olmaliq shahrida tashqi yozuvlar, xususan, peshlavha va joy nomlarining davlat tilida xatosiz yozilishini ta’minlashdagi faolligi uchun;
- Nasibaxon Mirzajonova – Buvayda tumanida ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkazilishida faollik ko‘rsatgani uchun taqdirlandi.
“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovining “Davlat tili ustivorligi ta’minlangan eng namunali hudud” yo‘nalishi bo‘yicha:
- 1-o‘rin g‘oliblari – Sirdaryo viloyati Shirin shahri hokimi Sarvar Sultonov hamda maslahatchi Ulug‘bek Xalilov;
- 2-o‘rin g‘oliblari – Erkin Karimov (Navoiy viloyati Qiziltepa tumani) hamda Shohista Abdullayeva (Xorazm viloyati Xiva shahri);
- 3-o‘rin g‘oliblari – Sanam Yusupova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani) hamda Lola O‘roqova (Qashqadaryo viloyati Kitob tumani) taqdirlandi.
“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovining “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishining rag‘batlantiruvchi mukofoti bilan:
- Bahodirjon Valiyev – Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida davlat tilida ish yuritishni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun;
- Habibulla Azizov – Bojxona qo‘mitasi tizimida davlat tilida ish yuritishni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun;
- Norbo‘ta Boboxolov – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida davlat tilida ish yuritishni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun;
- Gavharxon Muqaddasova – Soliq qo‘mitasi tizimida davlat tilida ish yuritishni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun;
- Qobiljon Ahmedov – Yoshlar ishlari agentligi tizimida davlat tilida ish yuritishni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun;
- Inomjon Azimov – Mamlakatimizda davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish tizimini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun taqdirlandi.
“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovining “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishi g‘oliblari:
- 1-o‘rin g‘olibi – Gullola Isoqova, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
- 2-o‘rin g‘oliblari – Shahnoza Soatova, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; Xurshid Ro‘ziev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.
- 3-o‘rin g‘oliblari – Odinaxon Jamoldinova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; Eshmirza Abdualimov, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovining “O‘zbek tilini rivojlantirish uchun eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha” yo‘nalishida:
- 1-o‘rin g‘olibi – Muhammadqosim Mamasaidov, “Tahrirchi.uz” elektron platformasi uchun;
- 2-o‘rin g‘oliblari – Mamasoliyev Iskandar Qosimjon o‘g‘li, fazogir.uz sayti uchun; Nilufar Abdurahmonova, O‘zbek tilining ko‘p modulli elektron platformasi uchun taqdirlandi.
- 3-o‘rin g‘oliblari – Oxun Tursunov, “Lotin alifbosida qulay yozish dasturi” uchun hamda Jo‘liboy Eltazarov, Kenan Koch “O‘zbek tilini o‘rganamiz” darsligi uchun taqdirlandi.
Izoh yo‘q