O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga yengil avtomobil eksport qilmoqda?

Saqlash
15:26 / 02.11.2021 1019 0

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar haqida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra:

Qozog‘iston – 24 137 ta  
Ukraina – 448 ta
Rossiya – 320 ta
Afg‘oniston – 128 ta
Tojikiston – 64 ta
Ozarbayjon – 37 ta
Qirg‘iz R. – 30 ta

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 242,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 25 171 ta yengil avtomobillar eksport qilgan.

Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14 036 taga oshgan.

 2021-yilning 9 oyida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan 18 150 ta yengil avtomobil import qilgan.

Avvalroq, O‘zbekiston 7 oyda xorijdan 12.2 mingta yengil avtomobil import qilgani haqida xabar bergan edik.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//