O‘zbekiston 7 oyda xorijdan 12.2 mingta yengil avtomobil import qilgan

Saqlash
10:09 / 09.09.2021 964 0

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 258,3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 12,2 mingta yengil avtomobillar import qilgan.

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5983 taga kamaygan.

2021 yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 3 751 ta
Koreya – 3 187 ta
Rossiya – 2 589 ta
Qozog‘iston – 1 330 ta
Polsha – 386 ta
Litva – 312 ta
Tailand – 250 ta
AQSH – 238 ta
Germaniya – 70 ta
Yaponiya – 56 ta

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning 7 oyida qiymati 7,7 mln. AQSH dollariga 432 ta elektromobil import qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish