O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro mehmondo‘stlik turizmi forumida ishtirok etmoqda

Saqlash
20:14 / 02.11.2021 960 0

Benilyuks mamlakatlaridagi yurtimiz elchixonasida O‘zbekiston turizm va sport vazirligi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Bu haqda “Dunyo” Axborot agentligi xabar berdi.

O‘zbekiston delegasiyasi Butunjahon turizm tashkilotining taklifiga binoan, joriy yil 31-oktabr - 2-noyabr kunlari Bryugge shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro mehmondo‘stlik turizmi forumida qatnashmoqda.

Uchrashuvda respublikamiz turizm salohiyatini xorijda keng targ‘ib qilish, mamlakatimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish imkoniyatlari hamda yil oxiriga qadar va kelgusi yilda o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan tadbirlar rejasi muhokama etildi.

Suhbat yakunida delegasiya a’zolari Bahriddin Chustiyning "Non" kitobini elchixona kutubxonasiga taqdim qildi, deyiladi xabarda. Muallifning ta’kidlashicha, ushbu kitob 50 dan ortiq non turlariga oid ma’lumotni o‘zida jamlagan bo‘lib, xorijda O‘zbekiston mehmondo‘stlik turizmining rivojiga xizmat qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, joriy yil 4-noyabr kuni elchixonada xorijiy turizm kompaniyalari vakillari, jurnalistlar va Belgiyada yashovchi vatandoshlarimiz ishtirokida Baxriddin Chustiyning “Non” kitobi taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//