 
                   
                    Jamiyat
Oʻzbekistonda oʻtgan 9 oy davomida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish tufayli tizimga 26,1 milliard soʻm zarar yetkazilgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati rahbari Navroʻz Norboboyev aytib oʻtdi.
Uning taʼkidlashicha, noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Fargʻona viloyatlarida aniqlangan. “Oʻzenergoinspeksiya” va vakolatli organlar bilan kelishilgan holda oʻtkazilgan tadbirlarda elektr va issiqlik energiyasidan noqonuniy foydalangan 440 ta isteʼmolchi tomonidan 87,1 milliard soʻm yetkazilgan zarar boʻyicha qayta hisob-kitoblar amalga oshirildi.
Tekshiruvlarda noqonuniy ulangan, qoniqarsiz texnik holatdagi jami 3608 ta elektr qurilmaning ishi hamda xavfsizlikka rioya qilmagan 35 ta brigadaning ishi toʻxtatildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Oʻzbekiston energiya tizimini rivojlantirish uchun 47,1 million dollar ajratishi haqida xabar berilgandi.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Siyosat
 109662
             109662
          Jamiyat
 94046
             94046
          Jamiyat
 89826
             89826
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q