Jamiyat
Toshkentdagi Gʻafur Gʻulom istirohat bogʻi 24-oktabr kuni ochilishi kutilmoqda. Bu haqida “Zamon.uz” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu kundan aholining bogʻ hududiga kirishiga ruxsat beriladi. Ayni paytda bogʻda soʻnggi taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, Gʻafur Gʻulom bogʻi 2019-yil avgust oyida BMP Smart Decision kompaniyasiga 49 yilga ijaraga berilgan. Kompaniya invectitsion majburiyatlari doirasida bogʻni jahon standartlariga javob beradigan qilib qayta taʼmirlashi, eskirgan attraksionlarni yangisiga almashtirishi lozim. Avvalroq bogʻ 2022-yilning 1-sentabridan ish boshlashi aytilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 2021-yili Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 22-yalpi majlisida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Gʻafur Gʻulom bogʻini obodonlashtirish ishlari qayta koʻrib chiqilishini maʼlum qilgandi.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Ilm-fan
112312
Jamiyat
94984
Jamiyat
91106
Jamiyat
75871
Jamiyat
//
Izoh yo‘q